Kisida Qozog‘istonga borishni rejalashtirgan

Kisida Qozog‘istonga borishni rejalashtirgan

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 2024 yil avgust oyida Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi navbatdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Vaziyat imkon bersa, Bosh vazir Kisida shu yilning avgust oyida Qozog‘istonga tashrif buyuradi", dedi u. Xayasi, shuningdek, 2024 yilda nishonlanadigan ushbu tashabbus tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan hozirda “Markaziy Osiyo plyus Yaponiya” assosiasiyasi yetakchilari darajasida uchrashuv o‘tkazish kelishib olinayotganini ta’kidladi. Shuningdek, unga Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibining qo‘shimcha qilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish Yaponiya uchun “har qachongidan ham kattaroq rol o‘ynaydi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!