Kim Chen In singlisi Koreya yarimorolida urush boshlanishi ehtimolidan ogohlantirdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Koreya yarimoroli va qo‘shni mintaqada kuchlar muvozanatining buzilishi urushga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, KXDR o‘z yadroviy arsenalini mustahkamlashda davom etadi.
Bugungi kunda Koreya yarimorolidagi va mintaqadagi dushmanlar bilan bizning o‘rtamizdagi kuchlar muvozanatining buzilishi darhol urushni anglatadi. Bu inkor qilib bo‘lmaydigan ob’ektiv voqelik, dedi Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim Yo Chjon.
Shuningdek, u 3 noyabr kuni AQSH, Yaponiya va Koreya o‘rtasida o‘tkazilgan qo‘shma mashg‘ulotlarda qiruvchi samolyotlar va B-1B strategik bombardimonchi samolyoti ishtirok etganini ta’kidlab o‘tdi. Kim Yo Chjon buni KXDRga qarshi “dushmanlarning tajovuzkor va agressiv tabiatining yaqqol isboti” deb atadi.
Siyosatchi AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan harbiy manyovrlar sonining ko‘payishi KXDR va butun mintaqa uchun tinchlik hamda xavfsizlikka jiddiy tahdid tug‘dirayotganini bildirdi.
KXDRning mudofaa yadro kuchlarini mustahkamlash siyosati hozirgi sharoitda yagona to‘g‘ri tanlov bo‘lib, biz bu yo‘ldan chetga chiqmoqchi emasmiz, dedi u.
Oktyabr oyida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Shimoliy Koreyaga hujum qilingan taqdirda, yadroviy qurol mudofaa chorasi sifatida qo‘llanishini ma’lum qilgandi.