Kim Chen In bir oy ichida ilk bor ko‘rinish berdi

Kim Chen In bir oy ichida ilk bor ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bir oy ichida birinchi marta jamoatchilik oldida paydo bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Koreyaning Markaziy telegraf agentligiga asoslanib xabar berdi.

KXDR rahbarining ommaviy faoliyati 6 maydan beri birinchi marta ma’lum bo‘ldi. Kim Chen In sakkizinchi chaqiriq KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosining birinchi yig‘ilishini olib bordi va iyun oyining birinchi o‘n kunligida partiya Markaziy qo‘mitasining plenumini o‘tkazishga qaror qildi.

Avvalroq Kim Chen In yana g‘oyib bo‘lganligi haqida Janubiy Koreyaning birlashish vazirligining vakili Li Chen Chu ta’kidlagan edi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisining bu safar har galgidan-da ko‘proq g‘oyib bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!