"Kim bu erkatoylar?" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi (VIDEO)

"Kim bu erkatoylar?" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqda "Kim bu erkatoylar?" sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.

Holat joriy yilning 25 may kuni, Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, "Yuqori" MFY hududida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda xizmat olib borgan YPX xodimi O.Ortiqov tomonidan jami 5 ta "Lasetti" va 1 ta "Neksiya-3" rusumli avtomobillar to‘xtatilgan.

Avtomobillar haydovchilariga nisbatan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, qoidabuzarlik sodir etgan 11-sinf bitiruvchilarining ota-onalari, maktab direktori va sinf rahbarlari o‘rtasida muhokama o‘tkazilib tegishli choralar belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!