Qirg‘iziston kibersportni rasman tan olmoqchi
Qirg‘izistonda davlat ko‘magida kibersportni rasman tan olish va tizimli rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi taklif qilindi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda kibersport rivojlanib boryapti, biroq uni tegishli huquqiy tartibga solish yo‘q. Turnirlar va musobaqalar xususiy tashkilotlar va tashabbuskor guruhlar tomonidan yagona qoidalar yoki davlat tomonidan tartibga solinmasdan o‘tkaziladi.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
* Qirg‘izistonda kibersportni sport turi sifatida tan olish, uning huquqiy maqomini belgilash, rasmiy milliy jamoalarni tuzishga imkon berish;
* maktab va talabalar kibersport jamoalarini tuzish imkoniyati;
* musobaqalar, sportchilarni tayyorlash va qirg‘iziston fuqarolarining xalqaro kibersport turnirlarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish;
* bolalarning musobaqalarda ishtirok etishi uchun aniq qoidalarni, jumladan, albatta ota-onalarning roziligi va yosh cheklovlarini joriy etish;
* investisiyalar jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish.
