Tramp: "Eron AQShning aksariyat talablarini bajarishga tayyor"
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Vashingtonning aksariyat talablarini bajarishga tayyorligini bildirdi.
Tramp bu haqda jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Ular bizga ko‘pgina bandlarni berishdi. Nega buni qilmasliklari kerak?", dedi u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Tehron AQSh taklif qilgan 15 bandlik rejaga "asosan" qo‘shiladi.
"Biz ulardan yana bir nechta narsani so‘raymiz", deb qo‘shimcha qildi u.
Amerika rahbari shuningdek, Eron bilan tez kelishuvga erishish imkoniyatiga ishonch bildirdi.
"Menimcha, Eron bilan kelishuv bo‘ladi. Bu tez orada bo‘lishi mumkin", deb ta’kidladi u.
Biroq, Tramp kelishuv amalga oshmasligi mumkinligini tan oldi.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti Eronda amalda rejim o‘zgarishi sodir bo‘lganini aytdi.
"Men buni rejim o‘zgarishi deb hisoblardim. Va, ochig‘i, ular juda oqilona harakat qilmoqdalar", deb ta’kidladi u.
