Kechadan FIDE tomonidan tashkil etilgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionligi uchun yo‘llanma beruvchi talabgorlar musobaqasi boshlandi.
Birinchi turda Javohir Sindarov rossiyalik Andrey Yesipenkoga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Dastlabki 20 ta yurishda raqib bexato o‘ynadi va o‘zi uchun qulay vaziyatni qo‘lga kiritdi. Boz ustiga, Sindarov vaqt tanqisligiga duch kela boshladi. Xususan, vaqt qo‘shib beriladigan marra — 40-yurish uchun yana 13 ta yurish qolganida Javohir hisobida bor-yo‘g‘i 7 daqiqadan kamroq vaqt qolgan edi. Bu paytda Yesipenkoda 30 daqiqa vaqt bor edi. Shunga qaramay, rossiyalik sportchi xatoga yo‘l qo‘ya boshladi va boz ustiga u 2 ta yurish uchun naq 24 daqiqa sarflab yubordi.
32-yurishda Yesipenko piyodani urib olishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Javohir qisqa vaqtlarda juda aniq yurishlarni amalga oshirdi va 40-yurishni qilganida uning hisobida atigi 5 soniya qolgan edi. Hamyurtimiz vaqt qo‘shilganidan 2 daqiqa o‘yladi va Ruh YE6 yurishini amalga oshirdi. Raqib shundan so‘ng taslim bo‘ldi.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.