Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Oliy martabali mehmonlar dastlab Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Mazkur majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanib, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan.