Kikboksingchilarimiz jahon kubogida 33 ta medallar shodasiga ega chiqdi

Kikboksingchilarimiz jahon kubogida 33 ta medallar shodasiga ega chiqdi

Mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydonlardagi har bir yutug‘i yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning ommalashishiga, ming-minglab yoshlarni sog‘lom turmush tarziga oshno tutinishida muhim omil sanaladi.

Shu ma’noda, kuni kecha Turkiyaning Istanbul shahrida kikboksing bo‘yicha yakunlangan Jahon kubogi bahslarida iqtidorli sportchilarimizning 8 ta oltin, 13 ta kumush, 12 ta bronza, jami 33 ta medalga musharraf bo‘lishi ham ayni yo‘ldagi muhim voqelik bo‘ldi.

Ettinchi bor o‘tgan jahon kubogi musobaqalarida Vatanimiz sport qudratiga munosib hissa qo‘shgan kikboksingchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musiqa sadolari ostida tantanali kutib olindi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston kikboksing federasiyasi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Jahonning 50 dan ortiq davlatidan 3 300 nafar sportchi qatnashgan shiddatli bahslarda hamyurtlarimiz kikboksingning 6 ta yo‘nalishida munosib ishtirok etganligi medallar salmog‘ida ham aks etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!