Kiyevga urushda eng ko‘p ko‘mak ko‘rsatayotgan mamlakatlar nomi ochiqlandi

Kiyevga urushda eng ko‘p ko‘mak ko‘rsatayotgan mamlakatlar nomi ochiqlandi

Germaniyaning Kil universiteti Jahon iqtisodiyoti instituti Rossiyaga qarshi urushda Ukrainaga eng katta dastak berayotgan mamlakatlar haqida ma’lumot berdi

1 iyul holatiga ko‘ra, Kiyevning Moskvaga qarshi urushidagi eng asosiy harbiy donori AQSh bo‘lib qolmoqda. Bu mamlakat shu kungacha Ukrainaga 25,45 milliard dollarlik yordam ko‘rsatgan. Kiyevga ko‘rsatilayotgan ko‘mak hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (4,11 milliard dollar), uchinchida Polsha (1,83 milliard dollar), undan keyin esa Germaniya (1,22 milliard dollar) turibdi.

Bu orada Ukrainaning asosiy yordamchisi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar Kiyevga yana 800 million dollarlik harbiy ko‘mak ko‘rsatishni va’da qilgan. Bu haqda «Reuters» agentligi uch manbadan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!