Kelgusi yil Seulda “Markaziy Osiyo - Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkaziladi

Kelgusi yil Seulda “Markaziy Osiyo - Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkaziladi

Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar.

Etakchilar ochiq va do‘stona muhitda, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlar natijalarini yuqori baholadilar.

Davlatimiz rahbari Koreyani jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan mamlakatlardan biri, O‘zbekistonning vaqt sinovlaridan o‘tgan alohida strategik hamkori ekanini ta’kidladi.

Koreya rahbarining bu galgi tashrifi davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligi va alohida strategik sheriklikning 5 yilligiga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi.

– Koreya davlati bizdan ancha olisda joylashgan bo‘lsa-da, xalqlarimizning urf-odat va qadriyatlari, ma’naviy olami va dunyoqarashi bir-biriga o‘xshashdir. Biz yaqin do‘st sifatida olijanob va bag‘rikeng koreys xalqi erishayotgan katta muvaffaqiyatlardan behad quvonamiz va faxrlanamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Koreya Respublikasi O‘zbekistonning yirik savdo, investisiya va texnologik hamkorlaridan biridir.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan koreys investisiyalarining umumiy hajmi 7,5 milliard dollardan oshdi. So‘nggi yillarda o‘zaro savdo ikki barobar o‘sib, 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Yurtimizda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 726 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Sanoat, energetika, avtomobilsozlik, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, IT sohasi va boshqa muhim yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston rahbari koreys hamkasbi bilan muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangani, yangi reja va marralar olinganini ta’kidladi.

Hamkorlikning barcha mexanizmlariga tizimli tus berish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, o‘zaro savdoda muvozanatni ta’minlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu ma’noda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mita va tashqi siyosat idoralari o‘rtasida Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishi natijalari yuqori baholandi.

O‘zbekiston rahbari Koreya Prezidenti bilan birga mamlakatimizga katta ishbilarmonlar delegasiyasi kelganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Bugungi biznes forumida Koreyaning 80 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etayotgani va 9,6 milliard dollarlik yangi loyihalar to‘plami tayyorlangani savdo-iqtisodiy hamkorlikka kuchli turtki berishiga ishonch bildirildi.

Yaqin yillarga mo‘ljallab O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu maqsadda yetakchilar O‘zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xab tashkil etish bo‘yicha Strategik dasturni tayyorlashga kelishib oldilar.

O‘ta muhim mineral resurslar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo, mashinasozlik, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va shaharsozlik, “yashil” energetika sohasidagi hamkorlik strategiyaning tayanch yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Davlatimiz rahbari koreys kompaniyalari bilan hamkorlikning ayrim ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

Masalan, o‘ta yupqa mis folgasi, “yashil” vodorod, ammiak, agrokimyo, yarimo‘tkazgichlar va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlar mavjud. O‘zbekiston avtomobil rusumlari qatorini kengaytirish va ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan manfaatdor. Qishloq xo‘jaligi sohasida Koreyaning “yashil” va “aqlli” texnologiyalarini transfer qilish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgan.

Koreya kompaniyalari davlat-xususiy sheriklik asosida transport infratuzilmasini modernizasiya qilishda ishtirok etadi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

O‘zbekistonning an’anaviy hamkorlari – Eksimbank, EDCF jamg‘armasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan sheriklikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

EDCF bilan umumiy qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan yangi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Koreyaning rivojlanish institutlari bilan samarali hamkorlikka yana bir yorqin misol – zamonaviy ko‘p tarmoqli bolalar klinikasi ishga tushirilgani. Qo‘shma universitet, kattalar shifoxonasi va onkologik klinikaga ega noyob tibbiy klaster qurilishi bo‘yicha yangi loyihalarni tezlashtirishga kelishib olindi.

Tomonlar, shuningdek, kasbiy ta’lim va mehnat migrasiyasi, ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Muzokaralar chog‘ida yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan pozisiyalar o‘xshashligini tasdiqladilar.

Davlatimiz rahbari kelgusi yil Seulda “Markaziy Osiyo - Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkazish taklifini ma’qulladi va Prezident Yun Sok Yolning Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha qat’iy qadamlarini qo‘llab-quvvatladi.

Madaniy-gumanitar sohada tomonlar 2025 yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi almashinuvlar yili” deb e’lon qilishga kelishib oldilar. Uning doirasida o‘zaro madaniyat haftaliklari, yoshlar, ta’lim, til va sport forumlari, san’at va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, turizm tadbirlari o‘tkaziladi.

Umuman, O‘zbekiston va Koreya Prezidentlari zamonaviy sharoitlarda hamkorlikning yangi modelini yaratishga kelishib oldilar.

– O‘zaro munosabatlarimizda “Yuqori texnologik va innovasion sheriklikning yangi davri” boshlanmoqda. Bugun imzolangan Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot va yigirmaga yaqin boshqa hujjatlar bu ezgu niyatlarimizga xizmat qilishiga aminman, – dedi davlatimiz rahbari.

Barcha erishilgan kelishuvlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida keng qamrovli “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.

Shuningdek, qo‘shma rejalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish maqsadida davlatimiz rahbari loyihalarni nazorat qilish va ko‘maklashish bo‘yicha ko‘p bosqichli mexanizmni joriy etishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10 ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya Isroilga yuzlandi

Москва Исроилни огоҳлантирди.

Antarktida yashil rangga aylana boshladi

Олимлар сўнгги 40 йил ичида "кўкаламзорлаштириш" майдони 10 баробар ошганини айтмоқда

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ливандан Исроилнинг шимолий ҳудудларига 70 га яқин ракета учирилди.

Eron ogohlantirmoqda...

Эрон БМТ Хавфсизлик Кенгашига мактуб юборди.

Koreys askarlari rus formasini kiydi... Endi frontga!

Шимолий Корея армияси аскарлари Украина фронтига жўнаб кетиш арафасида Россия ҳудудида машғулотлар ўтказмоқда. Интернетда кореялик ҳарбийлар акс этган видео пайдо бўлди.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

Ромаин Молина "Реал" Килиан Мбаппе трансферидан мамнун эмаслигини айтди.

Kanada: Hindiston «dahshatli xato» qildi

Ҳиндистон ҳукумати Канада хавфсизлиги ва суверенитетига шу қадар тажовузкорлик билан аралашиши мумкин деб ўйлаб, даҳшатли хатога йўл қўйди.

Kelgusi haftada harorat yana pasayadi

«Ўзгидромет» 21-23 октябр кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини тақдим этди.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

Koreya osmonida qiruvchi samolyotlar, dronlar...

Корея Республикаси ва АҚШ 110 га яқин самолёт, жумладан F-35 қирувчи самолётлари иштирокида «Озодлик байроғи» ҳаво машқларини ўтказмоқда.

Bu 7 oktyabrdagi hujumdan ham kattaroq hujum bo‘lardi

Сурия Мудофаа вазирлиги маълумотларига кўра, ҳаво ҳужуми оқибатида бир аскар ҳалок бўлган, етти нафари яраланган

BRICS sammitida 13 mamlakat “hamkor davlat” maqomini oldi

Оммавий ахборот воситалари хабарларига кўра, Ҳиндистон Туркиянинг ташкилотга тўлиқ киришига тўсқинлик қилмоқда.

Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukrainada jangga kirishsa, ular qonuniy nishonga aylanadi

Биз бу аскарлар Россия армияси билан жангга киришадими ёки йўқми, ҳозирча билмаймиз.

Putin Rossiyadagi KXDR harbiylari haqida gapirdi

Расмлар — жиддий нарса. Агар фотосуратлар бўлса, улар ниманидир акс эттиради.

Hizbullohdan aniq zarba: Isroil katta yo‘qotishlarga uchradi

Исроил йўқотишлар ҳақида хабар берди.

Putin Ukrainadan o‘t ochishni to‘xtatishning dastlabki shartini e’lon qildi

Путин 2022 йил февралида Украинага қарши уруш бошлаганидан буён мезбонлик қилган энг йирик халқаро форум бўлган Қозондаги БРИКС саммитининг якуний кунида сўзлади.

Germaniya «g‘alaba rejasi»ni ishlab chiqqan Zelenskiyni xafa qildi

Шольц Украинанинг НАТОга кириш таклифини рад этди.

Rossiya Kupyansk tomon harakatlanmoqda: shaharga zarba berildi

Харков вилояти губернатори Россиянинг Украина шимоли-шарқидаги Купянск шаҳрига берган зарбасидан кейин тўрт киши яраланганини айтди.

KXDRdan birinchi harbiylar guruhi Kursk viloyatiga yetib keldi — Ukraina razvedkasi

Машғулотлар Россия шарқидаги бешта полигонда бўлиб ўтди.

Chechenistonda noma’lum shaxslar qurolli hujum uyushtirdi

Росгвардия матбуот хизмати хабарига кўра, ўққа тутилиш натижасида ҳарбий хизматчилардан бири ҳалок бўлган, иккинчиси яраланган.

Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib halok bo‘ldi

Оқибатда машина йўл четидаги ариққа ағдарилиб кетган. Ўқувчи бола оғир тан жароҳатлари билан шифохонага ётқизилган.

Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Тахминларга кўра, ҳодисага кўчки сабаб бўлган.

Qozog‘iston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermaydi

Остона бу чекловларни қўллаб-қувватламасада, Қозоғистон ҳудудидан Россияга қарши санкцияларни четлаб ўтиш учун фойдаланишга қарши.

Ayollar "Yagona Rossiya" ofisiga o‘t qo‘ydi

Пермда 24 октябрга ўтар кечаси икки аёл "Ягона Россия" партияси минтақавий бўлими ҳудудига Молотов коктейлини улоқтирди.

Xarris Trampni "fashist" deb hisoblaydi. Sobiq prezident unga javob berdi: "Buzuq miya."

Демократик партиядан АҚШ президентлигига номзод Камол Харрис ўз рақиби - республикачи Доналд Трампни "фашист" деб ҳисоблашини маълум қилди.

BRIKS sammiti G‘arbning Rossiyani yakkalab qo‘yish rejasi barbod bo‘lganini ko‘rsatdi - Duma spikeri

Вячеслав Володин саммитда муҳим қарорлар қабул қилинаётганини, унинг иштирокчилари доираси эса БРИКСнинг глобал миқёсдаги нуфузидан далолат беришини қайд этди.

Isroil armiyasi G‘azo markazidagi qochqinlar lagerlariga zarba berdi

Аввалроқ анклав шимолидаги Жабалия қочқинлар лагерида кучли отишма содир этилгани, 30 дан ортиқ фаластинлик Исроил зарбалари қурбони бўлгани хабар қилинганди.

Jinoyat: Isroil bir necha yuz ming livanliklarni uysiz qoldirdi

Исроил ҳужуми бошланганидан бери 420 мингдан ортиқ одам Ливанни тарк этди, 800 мингдан ортиқ ливанлик ўз уйларини тарк этган.

AQSh Ukraina fonida Koreya yarim orolida keskinlikni keltirib chiqarmoqdami?

Россия ҳам, Шимолий Корея ҳам шимоллик аскарлар Украинада жанг қилишини рад этмоқда.

Cheksiz jinoyatlar: Isroil Jabaliya lageridagi 20 kunlik qamalda 770 dan ortiq odamni o‘ldirdi

Ғазо шимолида фуқаролик мудофааси ишлари бутунлай тўхтади - вазият ҳалокатли даражада.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНEСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди.

Turkiya ommaviy axborot vositalari Anqaradagi terakt haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar uchun jazolanadi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan yadroviy mojaro bo‘lishini xohlaydi

Украина ҳукумати Россия иштирокида ядровий можаро бошламоқчи. Бундай фикрни Беларус президенти Александр Лукашенко билдирди, дея хабар беради «ТАСС» .

Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aytdi

Анқарада содир этилган теракт оқибатида 4 киши ҳалок бўлди, яна 14 киши яраланди. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Эрдўғон маълум қилди , деб ёзади «Интерфакс» .