Kelasi hafta boshida mamlakatimizda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 20-22 noyabr kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 noyabrda ba’zi joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduz 18-23 daraja iliq, 21 noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduz 18-23 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 21-22 noyabrda ba’zi joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 21 noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20-21 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22 noyabrda ayrim joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq, 21 noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduz 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20-21 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-22 noyabrda ba’zi joylarda 21-23 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduz 20-25 daraja iliq, 21 noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 22 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduz 16-21 daraja iliq, 21 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 20-21 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 20 noyabrda ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21-22 noyabrda ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 21 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 22 noyabrda kechasi va kunduz 7-12 daraja iliq bo‘ladi.