Kecha, 100 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxsni DXX qo‘lga oldi

Kecha, 100 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxsni DXX qo‘lga oldi

Joriy yilning 23 noyabr kuni Surxondaryoda DXX xodimlari tomonidan noqonuniy “er savdosi”ga chek qo‘yish uchun tezkor tadbir o‘tkazildi.

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura Departamentining Denov tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbirda 100.000 AQSh dollariga yer sotishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Ya’ni, Denov tumanida yashovchi, “Qoraxon Xalifa Denov” fermer xo‘jaligi raisi M.X. o‘zi rahbarlik qilayotgan f/x.ga tegishli bo‘lgan 1 ga. yer maydonini fuqaro I.Q.ga 100.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu pullardan 20.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!