Kattaqo‘rg‘ondagi bog‘chada hujjati yo‘q bolalar borligi aniqlandi

Kattaqo‘rg‘ondagi bog‘chada hujjati yo‘q bolalar borligi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumani, «Qo‘shtepa» MFY, 61-sonli DMTTning sig‘imiga nisbatan bolalar soni ko‘pligi, ularning ovqatlanish va dam olishi uchun yetarli sharoit yaratilmagan tanqid ostiga olingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi ma’lumotiga ko‘ra, o‘rganish kuni bog‘chada hujjati yo‘q bolalar borligi va boshqa kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan o‘z arizalariga ko‘ra. 61-DMMT bog‘cha v.v.b. direktori va xo‘jalik ishlari bo‘yicha bog‘cha direktori o‘rinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar sabab maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasiga mehnat qonunchiligiga ko‘ra «Hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!