Katta leytenant avtofalokat natijasida halok bo‘ldi (VIDEO)

Katta leytenant avtofalokat natijasida halok bo‘ldi (VIDEO)

Moskva yaqinida dahshatli falokat sodir bo‘ldi.



O‘tgan shanba, 12 iyun kuni erta tongda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari avtohalokatni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanayotgandi. Hodisa sodir bo‘lgan joy oldida miltillovchi chiroqlar yoqilgan patrul mashinasi bor edi.

Yuk mashinasi haydovchisi uning yo‘lidagi to‘siqni sezmay, xizmat mashinasini urib yuborgan. Natijada yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlaridan biri, polisiya katta leytenanti voqea joyida vafot etdi.

Uning hamkasbi yaralangan va kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!