Kamboja shahzodasining turmush o‘rtog‘i YTHda halok bo‘ldi (foto)

Kamboja shahzodasining turmush o‘rtog‘i YTHda halok bo‘ldi (foto)

Kamboja shahzodasining turmush o‘rtog‘i Ouk Pxalla mamlakat janubida ro‘y bergan YTH sabab halok bo‘ldi. Shahzoda Norodom Ranaritning o‘zi esa shifoxonaga joylashtirilgan. "Sinxua"agentligi polisiya vakillariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

YTH mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da Kampongsaom provinsiyasida ro‘y bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shahzodaning avtomobiliga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan taksi kelib urilgan. Undagi 5 nafar yo‘lovchi turli jarohatlar olgan. 

"Shahzodaning turmush o‘rtog‘i og‘ir jarohatlar tufayli soat 12:23 da hayotdan ko‘z yumdi", - deya ma’lum qildi provinsiya polisiyasi vakili Chun Narin. Uning so‘zlariga ko‘ra, 74 yoshli shahzoda Pnompen shifoxonasiga yetkazilgan. 

Ta’kidlash joizki, bu Kamboja qirollik oilasi vakillari ishtirokidagi birinchi YTH emas. 2015 yilda shahzodaning korteji yuk mashinasiga urilishi natijasida 6 kishi jabrlangandi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!