JSST: Tromboz bilan AstraZeneca o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q!

JSST: Tromboz bilan AstraZeneca o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q!

Evropa dori vositalari agentligidan so‘ng, JSST mutaxassislari ham qon quyilishi va AstraZeneca vaksinasi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligini aniqlashdi.

JSST vaksinaning foydasi potensial xavfdan yuqori, tromboz holatlari esa tabiiy ravishda yoki COVID-19 tufayli yuzaga kelishi mumkin deb hisoblaydi.

Shundan so‘ng Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlar AstraZenecadan foydalanishni qayta boshlashini e’lon qildi.

Britaniya va Fransiya bosh vazirlari Boris Jonson va Jan Kasteks AstraZeneca vaksinasi bilan emlanib bo‘ldi.

Jonson AstraZeneca vaksinasi xavfsizligiga ishonishini va kovid bilan kasallanish xavfliroq ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!