Jizzaxga "ko‘chgan an’ana": Yana o‘quvchilar sovuq kunda usti yupun holda tadbirga olib chiqildi

Jizzaxga "ko‘chgan an’ana": Yana o‘quvchilar sovuq kunda usti yupun holda tadbirga olib chiqildi

Ijtimoiy tarmoqlarda shunday sovuq kunlarda usti yupun holda tashqarida tadbirda ishtirok etayotgan yana bir maktab o‘quvchilarining surati tarqaldi. Suratlar Baxmal tumaniga tegishli ekani aytildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 20 noyabr kuni axborot-kutubxona markazi ochilishi bo‘lib o‘tgan. 

"Ochilish marosimiga tashrif buyurganlar Axborot kutubxona markazida turli tillardagi eng sara asarlar kitobxonlar  uchun taqdim qilinganligi va markazda yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar bilan yaqindan tanishishdi. Axborot-kutubxona markazi joriy yil davomida 1602 nomdagi 10427 nusxada badiiy adabiyotlar va darsliklar bilan boyitildi. Jami kutubxona fondi bugungi kunda 1602 nomda 10427 nusxada bo‘lib, shundan lotin alifbosida 6404ta, krill alifbosida 3873 ta, rus tilida 75 ta, ingliz tilida 75 tani tashkil etadi", deyiladi tadbir yuzasidan berilgan xabarda.

Ana shu tadbirda o‘quvchilar rasmda ko‘rinib turgani kabi atrofda qorlar hali erimagan, kun sovuq bo‘lgan bir paytda yengil kiyimlarda ochiq havoda tadbirda ishtirok etishgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bolalarning usti yupunligi, biroq atrofdagi "kattalar"ning esa, aksincha, qalin kiyimlarda ekani tanqid qilingan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!