Jizzaxda yuk mashinasi va 2 avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatda 1 kishi vafot etdi

Jizzaxda yuk mashinasi va 2 avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatda 1 kishi vafot etdi

Jizzaxda yuk mashinasi va ikki avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 6 aprel kuni soat 14:30 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M39 Termiz–Toshkent yo‘lining 996-kilometrida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi, 1977 yil tug‘ilgan haydovchi GMS rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda bo‘lgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi, 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti’ning orqa qismiga urib yuborgan.

Oqibatda Lacetti qarama-qarshi tomonga o‘tib ketib, Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, 46 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «Jiguli» bilan to‘qnashib, pastlikka tushib ketgan. YTH oqibatida 1 fuqaro vafot etgan va 2 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Mazkur YTH sabablari o‘rganilganida yuk avtomobili haydovchisi mashinada bo‘lgan yuk hisobini olmagan va uzatmalar qutisini belgilangan me’yorda ushlab tura olmagan. Haydovchi keskin tormoz berishi oqibatida tizim havo kompressor bo‘lgani bois ishdan chiqqani aniqlangan.

Bundan avval Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari talabga javob bermasligini, bu muammoni bartaraf qilish uchun jiddiyroq ish olib borish kerakligini aytgandi.

«Masalan, M-39 yo‘lda deyarli 10 yildan beri qatnayotgan bo‘lsak, Toshkentdan chiqib, Jizzaxga yetib olguncha kamida 3-4 ta avariya holatlari yuzaga keladi shaxsan o‘zimda. Kechqurun-ku umuman yo‘lda yurish haqida o‘ylash kerak emas, hayot uchun xavfli. Biz yo‘llarni yoritish haqida umuman gapirmayapmiz, chuqurlarga tushmay qolish, avtomobil balonlarini almashtirmaslik ehtimoli haqida gap bo‘lishi mumkin emas», — degan edi deputat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!