Jizzaxda YPX xodimining "karantin qoidalariga rioya qilmagani" yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda

Jizzaxda YPX xodimining "karantin qoidalariga rioya qilmagani" yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda

2021 yilning 03 avgust kuni internet ijtimoiy tarmoqlari orqali “Karantin qoidalarini bajarishga majbur bo‘lmagan YPX xodimi” hamda “Jizzaxda YPX xodimlariga qonun o‘qitilganmi?” nomli video lavhalar tarqalgan.

Mazkur video lavha yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruv harakatlari davomida 2021 yilning 31 iyul kuni Jizzax viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati otryadi ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor A.Norqulov xizmat taqsimotiga asosan Jizzax shahar Sharof Rashidov shox ko‘chasining viloyat hokimligi ro‘parasiga xizmatga jalb etilgan bo‘lib, shu kuni soat 09:30larda Sharof Rashidov shox ko‘chasida harakatlanib kelayotgan “SPARK” rusumli, 25V322DA davlat belgili transport vositasi haydovchisi 2002 yilda tug‘ilgan F.SH. “Yo‘l harakati qoidalari”ning 1.1 yo‘l chizig‘ini bosib harakatlanganligi uchun to‘xtatilgan va haydovchiga nisbatan UZ-20 seriyali, 25-104349-raqamli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida haydovchi safdor A.Norqulovga tibbiy niqobini to‘g‘ri taqmaganligiga va ma’muriy bayonnoma bilan tanishib chiqishiga hamda undan nusxa olishiga ruxsat bermaganligiga e’tiroz bildirib, ushbu holatlarni qo‘l telefoni orqali video tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!