Jizzax viloyatida jamoat transportidan foydalanish yo‘lovchilarga qulaylik tug‘diryaptimi yoki aksincha?

Jizzax viloyatida jamoat transportidan foydalanish yo‘lovchilarga qulaylik tug‘diryaptimi yoki aksincha?

Jizzax shahar aholisi jamoat transportidan foydalanishda ko‘plab muammolarga duch kelayotgani bor gap. Shahar markazida 14 yo‘nalishda 185 ta avtobus qatnovi belgilab berilgan. Hamyurtlarimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolardan biri, bir necha mahallalarga (jumladan, “Qipchoq”, “Turon”, “Jillig‘ulli”, “Bog‘ishamol”) avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmagan. Bu vaziyatda esa “Damas” haydovchilari va “uchar taksi”lar yo‘lkira haqini oshirib olishgan. Bu esa shahar markazidagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talabalar, ishchi xodimlar, keksalar, nogironlarga noqulaylik tug‘dirmoqda.

Avtobuslar o‘z vaqtida belgilangan grafik asosida qatnamay, hududdagi “Ko‘k bozor” va “Orom” bozorlari atrofida yo‘lovchi poylab, avtoulov saloni liq to‘lmagunicha joyidan qo‘zg‘almaydi. Haydovchilarning qo‘pol muomalasi ko‘nglingizni ranjitsa, har 20-30 metrda to‘xtab yo‘lovchi terishi asabingizni buzadi. Qoida bo‘yicha har bir bekat oralig‘i 500 metrdan iborat bo‘lishi kerak emasmi? Yo‘lkira haqi 800 so‘m. Ammo bir oydirki haydovchilar hech bir asossiz yo‘lkira haqini 1000 so‘m qilib belgilab qo‘yishgan. Bu holatga O‘zbekiston avtomobil transport agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdumurod Bobomullayev shunday izoh berdi.

- Ayni paytda Jizzax shahrida 185 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Shaharliklarni bu boradagi ehtiyojini qondirish uchun yana 50 ta avtobus zarur. Shu sababli ba’zi bir hududlarni avtobus bilan ta’minlashning iloji yo‘q. Shuningdek, shaharda faoliyat yuritayotgan transport uyushmalarining barchasi xususiy hisoblanadi. Mazkur uyushmalar tomonidan daromadli yo‘nalishlar qamrab olindi. Nisbatan kam foyda beradigan yo‘nalishlarga avtobuslar qo‘yilmadi. Keltirilgan muammolarning asl sababi shunda. Shu bois joriy yilning so‘ngiga qadar 50 dona avtobus xarid qilish qilish uchun Samarqand avtomobil zavodi hisob raqamiga pul o‘tkazilgan. Bekatlarning yo‘qligi va avtobuslarning ma’lum bir grafik asosida qatnamasligini bartaraf etish maqsadida Jizzax viloyati hokimligiga takliflar kiritganmiz. Haydovchilarning mas’uliyatsizligi va keltirilgan kamchiliklarda yurtdoshlarimizning ham qisman aybi bor deb o‘ylayman. Bu vaziyatda mahalla faollari, oqsoqollar va jamoatchilikning ta’siri zarur.

Kunlik rejani bajarishga majburmiz. Gohida o‘zimizga ham pul yetkazolmaymiz. Buning ustiga ulovning remonti bor, shunga majburmiz. Hozir hamma “taksichi”. Noqonuniy taksichilar faoliyatiga barham berilmas ekan ahvol shu taxlit davom etaveradi.

Bu vaziyatga yo‘lovchilar ham fikr bildirishdi.O‘zini Dilfuza Mamadaliyeva deb tanishtirgan yo‘lovchi shunday deydi:

- Qo‘llarida pul bilan avtobuslarga intilayotgan maktab o‘quvchilarining sarsongarchiligiga barham berilsa, farzandlarimiz uchun maxsus avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilsa yaxshi bo‘lar edi.

Nodira Pardayeva ismli onaxonning ham gaplarida jon bor.

- Uyushmalar tajribali haydovchilarni emas, ko‘proq yosh yigitlarga ishonib avtoulovni topshiryapti. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ayrim yoshlar qoni qaynoq. Ba’zi hollarda ularni kimo‘zarga poyga o‘ynashi, qo‘pollik bilan yo‘lovchilarga muomala qilishi kishini ranjitadi. Axir ular yo‘lovchilarning hayotiga mas’ul emasmi? Maqsad faqat pul topish bo‘lmasligi kerak. Sifatli xizmatni yo‘lga qo‘yish uchun, avvalo, madaniyatni o‘zimizdan boshlaylik. Chiptalar sotishni yo‘lga qo‘yish, dispetcher xonalarini tashkil qilish kerakdir balki...

Ba’zi fikr bildiruvchilar ahvol hech qachon o‘zgarmasligini va bunga ancha borligini ochiq aytishdi. Muammolardan ko‘z yumib ketolmaymiz. Maqsadimiz aybdor qidirish emas, balki ko‘pchilik hamyurtlarimiz uchun oddiy holatga aylanib ulgurgan kamchiliklarni bartaraf etish. Haydovchilarning mas’uliyatsizligi, qatnovlardagi kamchiliklarda o‘zimizda ham ayb bor. Loqaydmiz. Bu vaziyatda mahalla faollari, oqsoqollar va jamoatchilikning ta’siri zarur. O‘sha noqonuniy harakatlanayotgan “taksi” egalari ham begona emas, jizzaxliklardir. Masalaga Jizzax viloyatidagi tegishli tashkilot mutasaddilari e’tibor qaratishiga va kamchiliklar ijobiy yechim topishiga umid bog‘laymiz.

Gulchehra Sharipova,

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Ozarbayjon javob qaytardi

Озарбайжон Ҳаво Йўллари бу ҳаракат ҳалокат бўйича терговнинг дастлабки натижаларига жавоб бўлганини айтди.

Ronaldu va Messidan ham 12 baravar boyroq futbolchi haqida eshitganmisiz?

Лионел Месси ва Криштиану Роналду катта бойлик тўплаган бўлса-да, иккаласининг ҳам бойлиги бу футболчиникига яқин ҳам келолмайди.

Evropani g‘azablantirgan uchrashuv

Путиннинг айтишича, Словакия ва Фицо Украина музокараларида воситачилик қилишга тайёр.

9 yanvar AQShda motam kuni deb e’lon qilindi

Бу ҳақда Оқ уй сайтида эълон қилинган баёнотда айтилади.

2005 yilda tug‘ilgan braziliyalik qiz UFC bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

19 ёшли бразилиялик Элис Перейра аралаш яккакурашлар оламидаги энг нуфузли ташкилот — UFC билан шартнома имзолади.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi murojaati

.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin

“Ланс” ҳимоячиси Абдуқодир Хусанов топ-клублар эътиборини тортишда давом этмоқда.

Ozarbayjon samolyoti Qozog‘istonga yetib bormay guvohlarsiz yo‘q bo‘lib ketishi maqsad qilingan

Озарбайжон самолёти Панцирь ҳаво мудофаа тизими орқали зарба берилган.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Metan zapravkadagi navbatlarni tanqid qilgan fuqaro qamaldi

Ижтимоий тармоқларда бир фуқаро Дўстов метанда юзага келаётган муаммоларни танқид қилгани акс этган видео тарқалган эди. Ушбу фуқарога нисбатан Тошкент шаҳар жиноят ишлари бўйича Бектемир туман суди томонидан 26 декабрь куни 15 сутка қамоқ жазоси тайинлангани айтилмоқда.

Turkiya Suriyaga va’da berdi

Байрактарнинг таъкидлашича, Туркия жамоаси Сурия энергетика инфратузилмасини баҳолаш учун аллақачон Дамашқда иш бошлаб юборган.

Rossiya Ukraina orqali gaz berishni to‘xtatdi: Bu Yevropa mamlakatlariga qanday ta’sir qiladi?

Реутерс хабарига кўра, Украина транзитини тўхтатиш Молдовага энг оғир таъсир қилади.

Putin: Hammasi yaxshi bo‘ladi

Россия президенти Владимир Путин янги йил муносабати билан россияликларга мурожаат қилди.

Rus gazi to‘xtashi qaysi davlatlarga ta’sir qiladi, qaysilariga ta’sir qilmaydi?

Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.

Polshada askar jamoat joyida o‘t ochdi

Полшалик маст аскар мамлакат шарқидаги Мелник қишлоғида жамоат жойида ўт очди, деб ёзади “РИА Новости” .

Falastinda Al-Jazira telekanali faoliyati to‘xtatildi

Фаластин миллий маъмурияти (ПНА) расмийлари Қатарнинг “Ал-Жазира” телеканалининг Фаластиндаги кўрсатувини тўхтатмоқда , деб ёзади “ТАСС” WАФА агентлигига таяниб.

Tailandda avtobus halokatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Таиланд газетаси хабар берди.

Saxalinlik fuqaro lotereyada milliard rubl yutib oldi

1 миллиард рубл ютган шахснинг телефон рақами Сахалин вилоятида рўйхатга олинган, деб хабар берди “Россия Лотто” лотереяси матбуот хизмати 1 январ куни.

Yoqutistonda havo harorati -56 darajagacha pasaydi

1 январ тонгида Ёқутистоннинг кўплаб аҳоли масканларида -50 даражадан паст ҳарорат қайд этилди.

Buyuk Britaniyaga noqonuniy muhojirlar oqimi 2024 yilda chorakga oshdi

Ички ишлар вазирлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2024 йилда 36 816 киши бўғозни кесиб ўтган, бу 2023 йилда келган 29 437 кишидан 25 фоизга кўп. Бироқ, уларнинг умумий сони 2022 йилда қайд этилган рекорд 45 774 кишидан 20 фоизга кам.

Puerto-Rikoning 1,3 milliondan ortiq aholi elektr energiyasisiz qoldi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ хабар бермоқда.

Turkiyada sayyohlardan foyda ko‘rgan firibgarlar to‘dasi qo‘lga olindi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

Evropa Ittifoqi Ukraina orqali gaz tranzitini to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qildi

Бу ҳақда Еврокомиссия расмий вакили Анна-Каиса Итконен РИА Новости билан суҳбатда маълум қилди .

Germaniya Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

AQSh moliya vazirligi Ukrainaga 3,4 milliard dollar yordam ajratadi

“АҚШ Халқаро тараққиёт агентлиги ва Давлат департаменти билан келишилган ҳолда биз 3,4 миллиард доллар ажратмоқдамиз”, деди Еллен, АҚШ молия вазирлиги.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun muhim xabar

Документида муаммоси бор ҳамюртларимиз вақтида ҳужжатларни тўғирлаб олинг!

Reuters: Italiya infratuzilmasiga rossiyaparast xakerlar hujum qildi

NoName057 ўзини "энг фаол россияпараст хакерлар гуруҳи" деб атайди.

Janubiy Koreyada 7 kunlik motam e’lon qilindi

Жанубий Корея ҳукумати самолёт ҳалокати муносабати билан 4 январгача 7 кунлик миллий мотам эълон қилди.

Trampning istagi Rossiya va Xitoy foydasiga xizmat qiladimi?

Бу ҳақда америкалик сенатор Бен Кардин айтиб ўтди.

Rossiya — Ukraina urushi ertaga tugaydimi?

Шунингдек, Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавров ҳам лавозимини тарк этиши айтилди.

Suriyaning Livandagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatdi

Элчихона Башар Асаднинг қариндошларига сохта паспорт беришда айбланмоқда.

Afg‘onistonda uy derazasidan ayollarga qarash taqiqlandi

Ҳужжатга кўра, афғон аҳолисининг уйларидаги деразалар қўшни уйлардан аёллар кўринмайдиган қилиб ўрнатилиши керак.

Janubiy Koreyadagi samolyot halokati haqida nimalarni bilamiz?

Самолёт бортида 175 йўловчи ва олти экипаж аъзоси бўлган.

Buni bilishingiz kerak: G‘azo shimolida nima bo‘lyapti?

Эслатиб ўтамиз, Исроил армияси томонидан Ғазо шимолида давом этаётган ҳалокатли қамал Байт Ханун, Байт Лаҳия ва Жабалиядаги фаластинликларни икки ярим ойдан кўпроқ вақт давомида асосий хизмат воситаларидан узиб қўйган.