Bugundan boshlab Shveysariyada burqa va niqob kiyishni taqiqlandi
2025 yil 1 yanvardan boshlab Shveysariya hukumati jamoat joylarida yuzni butunlay yashiruvchi kiyim va garderob buyumlarini, jumladan, burqa va niqob kiyishni taqiqladi.
Taqiqni buzganlik uchun jarima miqdori 100 dan 1 ming shveysariya frankigacha (110,2 dollardan 1102 dollargacha), deya xabar beradi "TASS"ga tayanib.
Shveysariya aholisi 2021 yil mart oyida o‘tkazilgan referendumda tegishli tashabbusga ovoz berdi. O‘shanda so‘rov ishtirokchilarining 51,2 foizi taqiqni qo‘llab-quvvatlagan. Ilgari, bu cheklov faqat Sankt-Gallen va Tichino kantonlarida mintaqaviy darajada qo‘llanilgandi.
Taqiq musulmon dindorlar kiyadigan niqob va burqa kabi kiyim-kechaklarga, shuningdek, futbol muxlislari kiyadigan balaklavaga ta’sir qiladi. Endi ularni do‘konlar, restoranlar, davlat idoralari va jamoat transportida kiyish taqiqlanadi. Biroq, yuzni qoplaydigan kiyimlarni ibodat joylarida, karnavallarda yoki sovuqdan himoya qilish uchun kiyish mumkin bo‘ladi.
Shveysariya prezidenti Karin Keller-Sutterning so‘zlariga ko‘ra, taqiq Shveysariyada yashovchi 400 ming musulmonning faqat kichik bir qismiga ta’sir qiladi. Ulardan, siyosatchi ta’kidlaganidek, faqat 20-30 nafar ayol niqob kiyadi.
Taqiqning kiritilishi bilan Shveysariya allaqachon shunga o‘xshash qoidalarga ega bo‘lgan Yevropa davlatlari ro‘yxatiga qo‘shildi. Bularga Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Daniya va Niderlandiya kiradi. Fransiya birinchi bo‘lib 2011 yilda yuzni qoplashni taqiqlagan.