Yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?
2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Ularning:
👦🏻 492 nafari o‘g‘il,
👧🏻 548 nafari qiz.
📊 Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.
📈 Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
🔹Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
🔹Toshkent shahri (112 nafar),
🔹Samarqand viloyati (101 nafar),
🔹Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.
📉 Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
‼️ E’tiborlisi, tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.
🍼 Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
🧑🏻⚕️⏳ Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tug‘uruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika bo‘ylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
👶🏻 Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda 2020 yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021 yilda — 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.