2025 yilning 1 yanvar kuniga kelib dunyo aholisi 8,09 milliard kishiga yetdi
2024 yilda dunyo aholisi 71 milliondan ortiq kishiga oshib, Yangi yilga kelib 8,09 milliardga yetdi. Buni AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosining 30 dekabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlari tasdiqlaydi.
0,9 foizga o‘sdi. 2024 yil uchun dunyo aholisi 75 million kishiga o‘sgan 2023 yilga nisbatan bir oz past edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yil yanvar oyida dunyo bo‘ylab har soniyada 4,2 tug‘ilish va ikki o‘lim sodir bo‘ladi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda AQSh aholisi 2,6 million kishiga o‘sib, Yangi yilga kelib 341 million kishiga yetgan.
Byuro aniqlik kiritishicha, 2025 yil yanvar oyida AQShda har 9 soniyada bitta tug‘ilish va har 9,4 soniyada bitta o‘lim bo‘lishi kutilmoqda. Xalqaro migrasiya tufayli AQSh aholisi har 23,2 soniyada bir kishiga ko‘payishi prognoz qilinmoqda. Tug‘ilganlar, o‘limlar va sof xalqaro migrasiyaning umumiy kombinasiyasi AQSh aholisining har 21,2 soniyada bir kishiga ko‘payishiga olib keladi.
2020 yillarning boshidan beri AQSh aholisi qariyb 9,7 million kishiga ko‘paydi, bu o‘sish sur’ati 2,9 foizni tashkil etdi. 2010 yillarda AQSh aholisi 7,4 foizga o‘sdi, bu 1930 yillardan beri eng past ko‘rsatkichdir.