AQSh va Buyuk Britaniya Yaman poytaxtiga 6 marta havo hujumini uyushtirdi
Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar AQSh va Buyuk Britaniya poytaxt Sanaga oltita havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.
Husiylarning "Al-Masirah" telekanali xabariga ko‘ra, AQSh va Buyuk Britaniyaning poytaxt Sana shahriga, jumladan, mudofaa va axborot vazirliklari binolariga 6 marta havo hujumi uyushtirgani bildirildi.
Hujum natijasida qurbon bo‘lganlar yoki yaralanganlar bor-yo‘qligi, yetkazilgan zarar haqida ma’lumot berilmagan.
AQSh va Buyuk Britaniya bu borada hozircha bayonot bergani yo‘q.
Husiylar harbiy voizi Yahyo Seri o‘z bayonotida husiylarga aloqador Yaman qurolli kuchlari raketalardan foydalangan holda ikkita "mahoratli harbiy operasiya" o‘tkazganini aytdi.
Seriga ko‘ra, birinchi operasiyada "Isroilning bosib olingan Falastinning Yaffa mintaqasidagi Ben Gurion ayeroporti ikkita hipersonik ballistik raketa bilan urilgan", "ikkinchi operasiyada esa, ishg‘ol ostidagi Quddus janubidagi elektr stansiyasiga ballistik raketa tegdi"
Uning so‘zlariga ko‘ra, raketalar ikkala holatda ham nishonlarni muvaffaqiyatli urgan. Serining ta’kidlashicha, hujum "USS Harry Truman" samolyot tashuvchisidan mamlakatga ko‘p sonli dron va raketalarning uchirilishi" bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.