Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib Nodir Bahodirovich Nurmatov Azim Ahmadxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nodir Nurmatov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Nyu-York universitetining yuridik maktabi, 2005 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichini, 2007 yilda shu universitetda magistratura bosqichini tamomlagan.

U 2007-2014 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar investisiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, 2014-2016 yillarda vazir yordamchisi bo‘lgan. 2016-2021 yillarda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2021 yilning 7 sentyabr sanasidan boshlab “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-, 25-moddalariga asosan, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari-Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan beri Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari-Investisiyalar va tashqi saavdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azim Ahmadxo‘jayev avgust oyi oxirida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!