Jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jinoiy guruh qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi N.M. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum shaxs feyk xabar orqali uning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, jami 2.780.000 so‘m pullarini yechib olganligini bildirib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni bir guruh shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlangan.

Jinoiy guruh a’zolari Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan, 2006 y.t. A.A. va uning akasi 2001 y.t. A.SH., Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi, Tojikiston Respublikasida 1985 y.t. N.B. va uning o‘g‘li 2006 y.t. B.D. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Guruh soxta havolalardan foydalanib, Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda yolg‘on xabarlarni tarqatib jami 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan.

Guruh a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!