Jek Ma Xitoyga qaytdi

Jek Ma Xitoyga qaytdi

Alibaba asoschisi Jek Ma 3 yil ichida ilk marta Xitoyga keldi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

27 mart kuni tadbirkor Xanchjouda o‘zi asos solgan maktabga tashrif buyurgan. Bu yerda u maktab jamoasi bilan uchrashgan. Ular bilan ta’lim masalalari va ta’limda ChatGPT chat-botidan foydalanish masalalari muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda Jek Ma Alibaba bosh direktori lavozimini tark etgan. 2019 yilda esa kompaniya boshqaruvi raisligidan ketgan. Bundan oldin Bloomberg agentligi milliarder Xitoyga qaytishni rad etgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi

Milliarderning XXR hukumati bilan munosabati 2020 yilda yomonlashgach, u mamlakatni tark etgandi. Manbalar milliarderga bosim ortida shaxsan Si Szinpin turganini aytadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!