Jazirama pokistonliklarni o‘ldirmoqda

Jazirama pokistonliklarni o‘ldirmoqda

Pokiston janubida havo haroratining ko‘tarilishi ortidan qurbonlar soni keskin oshmoqda.

Pokistonda so‘nggi hafta ichida havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi ortidan 600ga yaqin odam halok bo‘ldi. Issiq havo harorati ta’sirida kunlik o‘lim holatlari 30-40tani tashkil qilmoqda.

Bu haqda Pokiston sog‘liqni saqlash birlashmalari e’lon qilgan bayonotga asoslanib, BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, Karachida havo harorati +40 darajadan oshgani va yuqori namlik tufayli issiqlik +49darajaga ko‘tarilgan. Buning ortidan so‘nggi olti kun ichida 600 ga yaqin o‘lim kuzatildi.

Karachi kasalxonasi yakshanba va chorshanba kunlari issiq urishi bilan 267 kishini qabul qildi. Issiq urishidan aziyat chekib murojaat qilayotganlarining aksariyati 60-70 yosh atrofidagi keksalardir. Shuningdek, kasalxonaga issiq urishidan oqibatida murojaat qilganlarning ko‘pchiligi ko‘chada issiqda ko‘p yurgan. Mutaxassislar zarur bo‘lmagan hollarda ko‘chaga chiqmaslikni va ko‘proq suv ichishlarini aytishmoqda, – deydi tez yordam bo‘limi boshlig‘i doktor Imron Sarvar Shayx.

Ma’lumotlarga qaraganda, Pokistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda ham so‘nggi haftalarda haddan tashqari issiq havo harorati kuzatilmoqda. Hindiston poytaxt Dehli shahrida ham kunduzi harorat may oyidan beri +40 darajadan oshib, deyarli +50 darajaga etadi.

Mutaxassislarning fikricha, Karachidagi jazirama kelasi haftagacha davom yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!