Namoyishchilar yetakchisi Pak San Xakning ta’kidlashicha, uning “Ozod Shimoliy Koreya uchun kurashchilar” tashkiloti 500 mingta varaqa solingan 20 ta katta pufakni uchirgan.
Shuningdek, pufaklarga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, uning bobosi, Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen va singlisi Kim YE Chjon suratlari tushirilgan plakatlar mahkamlab qo‘yilgan. Ushbu plakatlarda Koreya urushi tarixini esdan chiqarmaslik va “o‘z millati qotillariga qarshi” isyon ko‘tarishga chaqirilgan.
Faollar Janubiy Koreyaga qochib ketgan sobiq shimolliklar bo‘lib, ular bu xatti-harakatlarini “shimoliy koreyaliklarning ozod etilishi va adolat uchun kurash” deb aytishgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Pxenyan Seulni varaqalar tashlanishiga yo‘l qo‘yib berishda ayblagandan keyin navbatdagi inqirozga uchradi.
16 iyunda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan muvofiqlashtiruvchi byuro binosini portlatib yuborgan. Ertasiga Shimoliy Koreya bosh shtabida chegaradagi hududlarga qo‘shinlar yana qaytarilishi va u yerda mashg‘ulotlar qayta boshlanishi hamda Janubga qarshi tashviqot kampaniyalari o‘tkazilishi ma’lum qilingan. O‘z navbatida, Shimoliy Koreya ham pufaklar yordamida Janubiy Koreya ustidan millionlab tashviqot varaqalarini tashlashni rejalashtirmoqda va shu maqsadda 3 mingta pufak yordamida Janubiy Koreyaga 12 mln.ta tashviqot varaqasi jo‘natishga tayyorlanmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.