Janubiy Koreyada yana 46 kishida virus aniqlandi

Janubiy Koreyada yana 46 kishida virus aniqlandi

Janubiy Koreyada sutka davomida 46 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 590 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» KCDC ma’lumotlariga tayanib.

So‘nggi kunlarda Janubiy Koreyada kunlik kasallanishlar soni 30-80 kishini tashkil qilmoqda. Epidemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanishlar soni 10-20 tagacha kamaygan. Yangi kasallanish o‘choqlarining paydo bo‘lishi kasallanishlar soni yana ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududidagi klub va barlarda kasallik yuqtirganlar soni kamida 270 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinishning oldini olish bo‘yicha choralarga yetarlicha amal qilmagan Puchon shahridagi Coupang kompaniyasi omborxonasida esa kamida 117 kishi virusni yuqtirib olgan. Yana 45 kishi kichik diniy yig‘ilish o‘tkazish paytida virus yuqtirib olgan.

Mamlakatda so‘nggi sutkada 21 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 467 kishiga yetdi. Kasallikdan yana bir kishi vafot etib, virus qurbonlari soni 273 kishini tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!