Janubiy Koreyada vaqtinchalik ishlash uchun qanday test imtihonlari o‘tkaziladi?
Maxsus test (Special eps-topik) imtihoni 1 bosqichdan iborat bo‘lib, Koreya Respublikasi talabiga asosan, 1 yilda 3 marotabagacha o‘tkazilishi mumkin.
Maxsus test (Special eps-topik) imtihonida quyidagi fuqarolar qatnashishi mumkin:
1. Koreya Respublikasi tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatda mavjud bo‘lgan fuqarolar;
2. Yosh chegarasi 39 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar;
3. Xorijga chiqish uchun taqiqi mavjud bo‘lmagan, ya’ni xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar;
4. Har tomonlama sog‘lom, yuqumli kasallikka chalinmagan fuqarolar;
5. Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yo‘q fuqarolar;
6. Sudlanmagan fuqarolar;
7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan fuqarolar.
Maxsus test (Special eps-topik) imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarni avvalgi ish beruvchi korxona tanlashi mumkin.
Agarda korxona faoliyati tugatilgan (bankrot) bo‘lsa yoki korxona ro‘yxatga kiritgan ishchisini ma’lum sabablarga ko‘ra shartnoma loyihasini yubormagan (shartnoma bermasa) taqdirda, nomzod umumiy tanlovlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tanlovlar bazasiga kirgan nomzodlarning ma’lumotlari 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovida qatnashadi.