Janubiy Koreya 9 iyun kuni Shimoliy Koreyadan uchirilgan 310 ta chiqindi sharini hisobladi

Janubiy Koreya 9 iyun kuni Shimoliy Koreyadan uchirilgan 310 ta chiqindi sharini hisobladi

Mahalliy vaqt bilan 9 iyundan 10 iyunga o‘tar kechasi Shimoliy Koreya Janubiy Koreya hududiga chiqindi bilan to‘ldirilgan 310 ga yaqin havo sharlarini uchirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi .

«Ayni damda havoda havo sharlari yo‘q. Ularga axlat - chiqindi qog‘oz va poliyetilen paketlar ortilgan. Hozircha tahlillarga ko‘ra, xavfli moddalar aniqlanmagan», - dedi Janubiy Koreya harbiylari.

KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chen avvalroq ta’kidlaganidek, 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi KXDR 1400 ta havo sharlari yordamida chegaradan Janubiy Koreyaga 7,5 tonna qog‘oz chiqindisini jo‘natgan. «Rejaga ko‘ra, 9 iyun kuni javobimizni to‘xtatish edi, biroq vaziyat o‘zgardi», dedi u yakshanba kuni chegarada Janubiy Koreya ovoz kuchaytirgichlari qayta ishga tushirilganiga tayanib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!