Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining ajralib turadigan jihatlari nimada?

A A A
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining ajralib turadigan jihatlari nimada?

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari - Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya, jami 11 davlat. Ularning ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, bozor mexanizmi ruli “qattiq siyosiy qo‘llar”da, ya’ni davlatning qo‘lida. Shu jihatdan olganda, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan jadal iqtisodiy islohotlar negizida ham davlatning bosh islohotchilik siyosati yotibdi.

Tahlilimizni Malayziya davlatidan boshlaymiz. 1981-2003 yillarda Malayziyaning Bosh vaziri lavozimida ishlagan Maxatxir Muhammad qoloq agrar iqtisodiyotli mamlakatni “Osiyo yo‘lbarslari” darajasiga yetkazgan kuchli arbob edi. U g‘arbiy qadriyatlarga zid o‘laroq, “osiyocha qadriyatlar”ning tashviqotchisi, xalqaro qo‘shilmaslik harakatining rahbari bo‘ldi. “Kishilarning farovonligi hukumatning tashabbuskorligiga bog‘liq. Davlat tarafidan kichik biznesga yaratilgan yengilliklar tufayli Malayziyada mahalliy va xorijiy investorlar o‘zlarini qayta ishlash sanoatini barpo etishdi”, degan edi u.

M.Muhammadning fikricha, davlat rahbari modernizasiyalashda yetakchi rolni o‘ynaydi, uning mamlakat taraqqiyotini belgilashdagi qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Lider bu ishga jon-jahdi bilan berilishi, milliy taraqqiyot yo‘lini hayotga tatbiq etishga shaxsan rahbarlik qilishi, boshqaruvda, siyosatda, moliya va savdo sohalarida yuqori malakaga ega bo‘lishi kerak. Sobiq Bosh vazir Xitoy tajribasini yaxshi tahlil qiladi. “Mao ajoyib harbiy qo‘mondon edi. Biroq mamlakatni boshqarish urush olib borishdan farq qiladi. U olg‘a surgan kommunistik mafkura taraqqiyotga yo‘naltirilgan emas edi. Natija shu bo‘ldiki, Xitoy rivojlanishda ortda qola boshladi. Maoning vorisi Den Syaopin butunlay boshqa odam edi. U Xitoyni rivojlantirishga intilar, “hamonki, mushuk sichqonlarni ovlar ekan, uning qora yoki oqligi muhim emas”, deb hisoblar edi.

Bizga ma’lumki, “Osiyo fenomeni”, jumladan, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ham diniy e’tiqod, milliy urf-odatlar va an’analar yetakchilik qiladi. Xorijlik ekspertlarning ta’kidicha, “davlat – jamiyat – inson” konstruksiyasida “osiyocha konsepsiya” G‘arb mamlakatlari tushunchasiga unchalik mos tushmaydi. Masalan, osiyoliklar “inson huquqlari - bu jamoaviylik”, deb biladi va jamiyat manfaatlari himoyasini ustun qo‘yadi. Jamoaviylik jadal iqtisodiy rivojlanishga erishish, jinoyatchilik va ishsizlikni past darajada ushlab turish imkonini beradi. Janubi-sharqiy Osiyo xalqlarining muvaffaqiyati tarixiy-madaniy, tarixiy-etnologik tajribasi, bilim, yozuv va an’analarni to‘liq saqlab qolganligi bilan belgilanadi. Qizig‘i shundaki, Osiyo davlatlari islohotlari ilk bosqichlarida iqtisodiy-ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda avtoritar boshqaruv kuchlilik qiladi.

Xo‘sh, “Osiyo qadriyatlari” nimalardan iborat? Uning G‘arb qadriyatlaridan farqi nimada? Uzoq yillik tahlilimizga ko‘ra, quyidagi omillar ustunlik qiladi: jamiyat va davlat huquqlari inson huquqidan ustuvorlik qiladi, oila mustahkam bo‘lishini xohlashadi, hukumat jamiyatga axloqiy qoidalarni joriy etishga imkon beradi, barcha sohada erkinlik tantana qilishi “g‘oya”si yoqmaydi, ota-onalar farzandlariga qattiqqo‘l bo‘lishadi, kapitalizmning talabi, shart-sharoitiga tez moslashadi, hukumatdan ijtimoiy yordamni kutmaydi, ta’limni yuksak qadrlaydi.

Jumladan, O‘zbekistonda ham oila, jamiyat manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Xususan, koronavirus kasalligini birgalikda yengishda, tabiiy ofatlarni bartaraf etishda butun xalqimiz yurtboshimiz atrofida bir jonu bir tan bo‘lib harakat qiladi.

Umuman olganda, 1990 yillardan boshlab jahon miqyosida iqtisodiy sakrashni amalga oshirib, G‘arb mamlakatlarini lol qoldirgan rivojlanish ildizida, albatta, davlatning bosh islohotchilik g‘oyasi yotadi, deyish mumkin.

Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur taraqqiyot modelining samaradorligi sabablari: birinchidan, davlat iqtisodiyot sohalariga doimo rahnamolik qilishi; ikkinchidan, ustuvor tarmoqlarga yuksak texnika, texnologiyalarni qo‘llash uchun imtiyozli kredit, soliq preferensiyalari berilishi; uchinchidan, mintaqadagi hukumatlar importga to‘siq qo‘yilib, proteksionizmni qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Ochig‘i, Yevropa va Osiyo davlatlarining rivojlanish yo‘llarida ozgina farq mavjud. G‘arbda makro-daraja (moliya, pul tizimi, tashqi savdo), Sharq davlatlarida mikro-daraja (narxlar va korxonalarni isloh qilish, nodavlat sektorini qo‘llash, kichik biznesni rivojlantirish) mexanizmiga ko‘proq tayanishadi.

O‘zbekiston milliy taraqqiyot yo‘lining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda yuqorida tilga olingan davlatlarning boy tajribasi juda asqotadi, deb hisoblaymiz. Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiy yutuqlari tag-zaminida milliy ruhiyat va ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilishi yotadi. Masalan, Malayziya hukumati qoshidagi Milliy komitetga yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning halokatli ta’siridan himoya etish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklatilgan. “Yapon ruhiyati va g‘arb texnologiyasi” shiori tarixda o‘zini oqlab, yaponlarni peshqadam davlatlar qatoriga qo‘shdi. Singapurda pora olishdan bosh tortgan chinovniklarga mukofotlar tarqatiladi.

Yaqinda matbuotda chop etilgan Singapurda Li Kuan Yu iqtisodiy modernizasiyasiga doir o‘zbek olimining ajoyib maqolasida bu haqida e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan. Yaponiyada davlat sektori xodimlarining vijdonliligi baholab borilishi mexanizmi ham o‘rganishga loyiq hodisa. Yana aytadigan bo‘lsak, “Konfusiycha kapitalizm”, “Suxartocha siyosat, Maxatxira (ruxu nigara) g‘oyalari mazmun-mohiyati, Malayziyaga xos bo‘lgan “intellektual miya hujumi” – insonning ichki quvvatini ochib beradigan tadqiqotlar ham navbat kutib yotibdi.

Baxtiyor OMONOV,

siyosiy fanlar doktori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.