Jannatning 8 ta darvozasining nomini bilasizmi?

Jannatning 8 ta darvozasining nomini bilasizmi?

Jannatning sakkizta darvozasi bo‘lib, Qiyomat kuni har darvozaga farishtalar turib olishadi. Ularning yuzlari oppoq bo‘lib, tabassum bilan u yerga kirayotgan mo‘minlarni olqishlab, qarshilab turishadi.

Jannat darvozalarining nomlari quyidagichadir:
1. Namoz darvozasi – bundan namozni qoldirmasdan ado etganlar kiradi.
2. G‘azot darvozasi – bundan g‘azot qilganlar kiradi.
3. Rayyon darvozasi – bundan ro‘zadorlar kiradi.
4. Sadaqa darvozasi – bundan sadaqa beruvchilar kiradi.
5. Ayman darvozasi – bundan hisob kitob qilinmaydiganlar kiradi.
6. Afv qiluvchilar darvozasi – bundan odamlarni afv qilib kechiruvchilar kiradi.
7. Zikr darvozasi – bundan Allohni zikr qilganlar kiradi.
8. Haj darvozasi – Baytullohni haj qiluvchilar kiradi.

Allohim sakkiz jannat eshiklaridan kirishni nasib etgin!
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!