Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi

Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi

Savdo uyi “Made in Uzbekistan” belgili yuqori sifatli va raqobatbardosh O‘zbekiston mahsulotlarini taqdim etish bilan shug‘ullanadi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov ikki mamlakat hukumatlarining mushtarak maqsadi – barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratish, ishlab chiqaruvchilar uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirish ekanini aytib o‘tdi.

Ivanovo viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbariyati Rossiya bozori O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlarini import qilishdan doimo manfaatdor bo‘lganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!