Italiyada muhojirlarni Yevropaga noqonuniy tashuvchi guruh qo‘lga olindi

Italiyada muhojirlarni Yevropaga noqonuniy tashuvchi guruh qo‘lga olindi

Jinoiy guruh bazasi Sisiliyada joylashgan, biroq o‘z faoliyatini nafaqat Italiyaning turli hududlariga balki, Shveysariya, Germaniya, Albaniya va Kosovogacha yoyishga muvaffaq bo‘lgan.

Noqonuniy muhojirlarni tashish bilan birga, guruh a’zolari qurol savdosi, olmos va oltin kontrabandasi bilan shug‘ullangan. Bunda guruh Sisiliya mafiyasi va qandaydir harbiylashgan alban tuzilmasi bilan aloqada bo‘lgan.

Guruhning xizmatidan Yevropa shimoli va Shveysariyaga yetib olgan o‘nlab kishilar foydalangan. Bunday sayohat muhojirlarga uch ming yevrodan tushgan.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!