Italiya hukumati qurg‘oqchilikka qarshi kurash uchun qariyb 8 milliard yevro ajratish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Italiya hukumati tez orada qurg‘oqchilikka qarshi kurash uchun 7,8 milliard yevro ajratish haqidagi farmonni ko‘rib chiqadi.
Bu haqda Italiya atrof-muhit va energetika xavfsizligi vaziri Gilberto Pichetto-Fratin ma’lum qildi.
“Biz ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni aniqlash niyatidamiz, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu mablag‘ 7,8 milliard yevroni tashkil etadi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)