Iste’mol uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar brakeraj qilindi

Iste’mol uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar brakeraj qilindi

📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan Askiya bozori savdo rastalarida nazorat tadbirlari olib borildi. Tadbir davomida ovqatdan zaharlanish hamda botulizm kasalligini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

❗️Nazorat tadbirlari davomida bozor rastalarida sotilayotgan uy sharoitida tayyorlangan 25 dona 0,5 litr hajmga ega tuzlama mahsulotlari noma’lum sharoitda tayyorlanganligi sababli iste’molga yaroqsiz deb topilib, tegishli tartibda brakeraj qilindi. Bundan tashqari noma’lum sharoitda tayyorlangan 8 kg qiyma go‘shti va 20 kg tovuq oyoqlari savdo rastasidan oldirildi va tegishli tartibda yo‘q qilindi.

🔹Shuningdek, mazkur holat yuzasidan bozor ishchilariga ogohlantirish berildi va ovqatdan zaharlanish oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma hamda tavsiyalar berib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!