Germaniyada federal vazirlar iste’foga chiqqanda yoki ishdan bo‘shatilganda, xuddi moliya vaziri Kristian Lindner bilan bo‘lgani kabi, ular «o‘tish» deb ataladigan nafaqa olish huquqiga ega. Siyosatchilar bunday to‘lovlarni o‘z lavozimida bo‘lgan qancha oy davomida – jami kamida olti oy va ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga oladi. Nafaqa ish haqini o‘tkazish to‘xtatilgan paytdan boshlab to‘lanadi va yangi ish topgandan keyin to‘lovlar kamayadi.
Ishdan bo‘shatilgan Lindnerdan tashqari, Adliya vaziri Marko Bushman va Ta’lim vaziri Bettina Stark-Vatsinger, shuningdek, Erkin Demokratik partiya vakili ham Germaniya hukumatini tark etishdi. Soliq to‘lovchilar ittifoqiga ko‘ra, vazir oyiga 18 ming yevrodan ozroq maosh oladi, bunga mahalliy nafaqalar kirmaydi. Ishdan bo‘shatilgan vazirlar ikki yildan ko‘proq vaqt davomida ishlagani uchun ularga boshqa daromad manbalarini hisobga olmaganda, taxminan 243 ming yevro miqdoridagi maksimal nafaqa to‘lanishi mumkin edi.
Bir kun avval Germaniya kansleri Olaf Shols hukmron partiyalar raislari va ularning parlamentdagi fraksiyalari rahbarlarini o‘z ichiga olgan koalisiya qo‘mitasidagi mojaro avj olganidan so‘ng Lindnerni ishdan bo‘shatgan edi. Bu sosial-demokratlar, erkin demokratlar va yashillardan iborat koalisiyaning parchalanishini belgilab berdi. Shols 15 yanvar kuni Bundestagda hukumatga ishonch masalasini ko‘tarish va shu orqali mamlakatda 2025 yil martida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan muddatidan oldin saylovlarga yo‘l ochish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.
Европа Иттифоқи томонидан электромобилларга бож жорий этилишига қарамай, Хитой 2025 йилда жаҳон бозорида энг йирик автомобил етказиб берувчиси бўлиб қолади.
Нашрнинг ёзишича, янги тадқиқотлар шуни кўрсатдики, Буюк Британиянинг душманлари ҳарбий харажатларни кўпайтирмоқда, аммо Буюк Британия мудофаа учун ЯИМнинг 2,5 фоизини таъминлай олмаяпти.
Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) турли позицияларда ўйновчи 21 ёшгача футболчилар орасида тадқиқот ўтказиб, энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди.