Isroilning raketa hujumi oqibatida besh nafar suriyalik harbiy halok bo‘ldi

Isroilning raketa hujumi oqibatida besh nafar suriyalik harbiy halok bo‘ldi

Isroilning Damashq aeroporti chekkasi va poytaxt janubidagi bir qator ob’ektlarga raketa hujumi natijasida besh nafar suriyalik harbiy halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Al Ikhbariya” telekanali.

“Hujum natijasida besh nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, moddiy zarar ham yetdi”, — dedi telekanal muxbiri .

Ta’kidlanishicha, raketa hujumi soat 00:45 da boshlangan.

Avvalroq Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari Damashq va uning atrofidagi Isroil raketalarini yo‘q qilgani ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!