Isroil Hizbullohning yana bir yetakchisini o‘ldirdi

Isroil Hizbullohning yana bir yetakchisini o‘ldirdi

Isroil armiyasi Livandagi «Hizbulloh» yetakchilaridan biri Nabil Kaukning o‘ldiriganini e’lon qildi.

Avvalroq Al Hadath telekanali huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan poytaxtining janubiy tumaniga uyushtirgan navbatdagi raketa zarbalari nishoni Hizbulloh markaziy kengashi a’zosi Nabil Kauk bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot idoralaridan biri joylashgan Shiax tumaniga yangi hujum uyushtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!