Isroil harbiylari G‘arbiy Sohildagi falastinliklarning uylarini buzib tashladi

Isroil harbiylari G‘arbiy Sohildagi falastinliklarning uylarini buzib tashladi

Isroil harbiy qo‘shinlari (SAXAL) Iordan daryosining bosib olingan g‘arbiy sohilida falastinliklarga tegishli sakkizta turar joy binosini buzib tashladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar Erixi va Al-Xalil yaqinidagi ikkita qishloqda reyd o‘tkazgan.

Harbiylar "qurilishga ruxsatnoma yo‘q" bahonasi bilan Erixi yaqinidagi Ad-Deyuk qishlog‘idagi oltita uyni, Al-Xalildagi Ma’an qishlog‘idagi ikkita binoni buzib tashladi.

Uylar Isroil hukumati falastinliklarga qurilishga ruxsat bermayotgan “S” zonasida joylashgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!