Isroil G‘azo shimolidagi muntazam etnik tozalashni tan oldi
Bu Isroilning G‘azo shimolini falastinliklardan muntazam tozalayotganini birinchi marta rasman tan olishi ko‘rinadi.
Isroil ishg‘olchi kuchlari zobiti Isik Koen Isroil matbuoti brifingida Falastinliklar G‘azo shimolidan majburan chiqarib yuborilganidan keyin ularning qaytishiga ruxsat berilmasligini aytdi.
«Biz G‘azo shimolini to‘liq evakuasiya qilishga yaqinlashmoqdamiz va aholining uylariga qaytishiga ruxsat berilmaydi», dedi Isroil harbiy amaldori.
U shuningdek, gumanitar yordam G‘azo janubiga «muntazam ravishda» etib borishini, lekin shimolga emasligini, chunki «u yerda tinch aholi qolmaganini» ta’kidladi.
Isroil bir necha bor sun’iy ocharchilik yaratganini va falastinliklarni G‘azo shimolidan «Generallar rejasi» deb atagan holda chiqarib yuborganini rad etib keladi. Biroq oktabr boshidan beri hududga gumanitar yordam yetib bormagan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, shimolda 400 000 kishi hali ham Isroilning doimiy o‘qqa tutilishi ostida.
Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi videolarda ko‘chirilgan odamlarning G‘azo shahrining vayron bo‘lgan hududlari bo‘ylab janubga siljishi ko‘rsatilgan.