Isroil Baydenning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejasini qabul qilishi mumkin

Isroil Baydenning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejasini qabul qilishi mumkin

Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuninung tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Ofir Falk ma’lum qildi.

"Bu juda yaxshi kelishuv emas, lekin biz haqiqatan ham barcha garovga olinganlarning ozod etilishini xohlaymiz. Shuning sababdan Isroil buni qabul qiladi. Isroilning o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish shartlari o‘zgarmagan - barcha garovga olinganlarni ozod qilish va HAMASni batamom yo‘q qilish. Shuning uchun taklif etilayotgan kelishuvga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kerak", — deya izoh berdi Falk.

AQSh prezidenti tomonidan yaqinda taqdim etilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish rejasi 3 bosqichdan iborat:
1. O‘t ochishni to‘xtatish va SAXALni G‘azo sektoridagi aholi punktlaridan olib chiqib ketish. Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslar evaziga ba’zi isroillik garovga olinganlarni qaytarish.
2. Harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish, Isrlil qo‘shinlarini sektordan olib chiqib ketish va qolgan garovga olinganlarni qaytarish.
3. G‘azo sektorini qayta tiklash.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!