Ispaniya klubi futbolchilari suratga olish jarayonida jarohatlanishdi

Ispaniya klubi futbolchilari suratga olish jarayonida jarohatlanishdi

“Tenerife” futbolchilari reklama roligini suratga olish paytida jarohat olishdi, deb xabar beradi AS.

Manbada aytilishicha, futbolchilar Aleks Munyos va Karl Pomares mushaklariga suratga olish paytida ortiqcha yuk tushgan. Ta’kidlanishicha, Pomares tuzalgan, Munyos esa davolanishda davom etmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Fran Fernandes “La Liga”ning reklama roligini suratga olish jarayonida ishtirok etgan vaqtida futbolchilar jarohat olishganini tasdiqladi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!