Ispaniya askari NATO mashg‘ulotlari chog‘ida halok bo‘ldi

Ispaniya askari NATO mashg‘ulotlari chog‘ida halok bo‘ldi

NATOning Polshadagi xalqaro mashg‘ulotlari chog‘ida ispan askari halok bo‘ldi.

Bu haqda respublika Milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, ispan armiyasining kaporali taktik jangovar o‘q otish mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum 43 yoshda bo‘lib, 2004 yildan buyon harbiy xizmatni o‘tagan.

Bu yil Polshadagi mashg‘ulotlarda jami 300 nafar ispan askari ishtirok etmoqda.

Saber Strike xalqaro taktik mashg‘ulotlari har yili Polshada o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!