Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 15-20 foizi iste’molchilarga yetib bormayapti

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 15-20 foizi iste’molchilarga yetib bormayapti

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 15-20 foizi elektr uzatish tarmoqlarining eskirgani oqibatida iste’molchilarga yetib bormay yo‘qotilmoqda. Xususan, 2023 yilda ishlab chiqarilgan 78 mlrd kVt.soat elektr energiyasining 12 mlrd kVt.soat hajmdagisi yoki 15,3 foizi iste’molchilarga yetib bormagan. Xalqaro standartlar bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib berishdagi texnik yo‘qotishlar o‘rtacha 7-8 foizni tashkil etishi kerak.

Hozirda ortiqcha yo‘qotilayotgan 6 mlrd kVt.soat elektr energiyasi oyiga o‘rtacha 350 kVt.soat tok yoqadigan 2,5 milliondan ortiq iste’molchining 7 oylik iste’moliga teng.

Elektr uzatish tarmoqlari, transformatorlar va boshqa infratuzilmani modernizasiya qilish energetika tizimiga bozor mexanizmlarini joriy qilishning asosiy sabablaridan biri ekanligi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!