“Ishdagi ishq” filmidagi kotiba shifoxonadan chiqdi

“Ishdagi ishq” filmidagi kotiba shifoxonadan chiqdi

Bir paytlar sobiq ittifoq hududida shuhrat qozongan “Ishdagi ishq” badiiy filmidagi shaddod kotiba esingizdadir?

Ushbu rolni qoyilmaqom tarzda ijro etgan Rossiya xalq artisti Liya Axedjakova bir muddat avval koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Shifoxonada surunkali kasallik ta’srida 82 yoshli aktrisaning ahvoli og‘irlashgan.

RIA-Novosti axborot mahkamasining “Sovremennik” teatridagi manbalarga tayanib xabar qilishicha, aktrisaga shifoxonadan chiqish uchun ruxsat berishgan. Ayni paytda u o‘zini qanday his qilayotgani ma’lum emas.

Darvoqe, aktrisaning o‘zi dastlab, koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarni inkor qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!