Project Syndicate xabar berishicha, mamlakatlar ichidagi siyosiy to‘siqlar va global sammitlardagi kelishmovchiliklarga qaramasdan, iqlim o‘zgarishi va ekotizimlarning degradasiyasi iqtisodiyot uchun inkor etib bo‘lmaydigan kuchli turtkini shakllantirmoqda.
Eng yirik iqtisodiyotlarda energetik o‘tish endi nazariya emas. Germaniya 2024 yilda elektr energiyasining taxminan 63 foizini QTEMdan ishlab chiqardi. Hindiston bu ko‘rsatkichni qariyb 46 foizga yetkazdi. AQShda 2024 yilda ishga tushirilgan yangi generasiya quvvatlarining 90 foizdan ortig‘i QTEM hissasiga to‘g‘ri keldi — asosan quyosh energetikasi. Braziliyada elektr energiyasining 88 foizi qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab chiqariladi. Global miqyosda quruqlikdagi shamol va quyosh generasiyasi endi qazib olinadigan yoqilg‘iga asoslangan eng arzon variantlardan ham 40–50 foiz arzon.
Qazib olinadigan yoqilg‘i hozirgi tizimda hali ustun, ammo hozir barpo etilayotgan kelajakda unga deyarli joy qolmayapti. Toza energetika iqtisodiyoti allaqachon g‘alaba qildi va uning ustunliklari kengayib bormoqda. Umumiy ta’sir ochiq-oydin: past uglerodli tizimlarning narx bo‘yicha ustunligi siklik emas, balki tuzilmaviy tus oldi.
Ayni paytda iqtisodiy o‘tish faqat energetika bilan cheklanib qolmaydi. Global bioiqtisodiyot — materiallar, energiya, kimyo va qishloq xo‘jaligida qayta tiklanuvchi biologik resurslardan foydalanuvchi sohalar — bugun taxminan 4 trln AQSh dollariga baholanmoqda va prognozlarga ko‘ra 2050 yilga borib qariyb 30 trln dollarga yetadi, bu esa joriy jahon YAIMining taxminan 30 foiziga teng. Tabiat strategik infratuzilma shakliga aylanib, mamlakatlarga dekarbonizasiya, raqobatbardoshlik va barqarorlikka olib boruvchi yo‘lni taklif qilmoqda. Kelajak — barqaror bo‘lmagan iste’mol va tugatishda emas, balki qayta tiklanuvchi biologik resurslardadir.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мадриднинг «Реал» клуби собиқ бош мураббийи Хаби Алонсонинг рафиқаси Нагоре Аранбуру турмуш ўртоғининг бош мураббийлик лавозимини тарк этиши ҳақида фикр билдирди.
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Нашрнинг хабар беришича, бир неча кун аввал разведка мақсадида Гренландияга юборилган Бундесвер ҳарбийлари гуруҳи оролни кутилмаганда ва ҳеч қандай тушунтиришсиз тарк этмоқда.
Маълум бўлишича, бу эркакнинг иккинчи оиласи бўлиб, эркак олдин хам болаларга зўравонлик қилган. Эркак билан мунтазам равишда профилактик ишлар олиб борилган.
Лосьон эса таркибида спирт миқдори паст бўлган косметик маҳсулот ҳисобланади ва асосан: терини тозалаш ва ортиқча ёғланишни камайтириш, косметика қолдиқларини бартараф этишга мўлжалланган.
АҚШ президенти бундай фикрни Politico'га берган интервюсида билдирди. Доналд Трамп Эроннинг олий раҳбари Оятуллоҳ Али Хоманаийни "мамлакатни бошқаришга қодир эмас" деб атади.
Италияда Россияга қарши жорий этилган санкцияларни бузгани учун 33 минг тонна металл хомашёси ортилган кема мусодара қилинди. Кема Новороссийскдан йўл олган бўлиб, Бриндизи портида ушланган.
Франция президенти ва қўшинлар бош қўмондони Эммануэль Макрон payshanba куни Стратегик авиация базаси Истрес, Буш-дю-Ронда мамлакатнинг “миллий мудофаа йўриқномалари” ҳақида нутқ сўзлади.